Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari — Sarvar Xamidov va Olimxon Rustamov lavozimidan ozod etildi.
Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l tumanlari hokimlari hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi. Shuningdek, viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga hamda qurilishga mas’ul o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilindi.
Ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun Farg‘ona viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat IIB va soliq boshqarmasi boshliqlari, Rishton tumani va Marg‘ilon shahar hokimlari ishdan olindi. Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, Bag‘dod, Quva va Buvayda tumanlari hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.
Prezident “Avtoyo‘l”, “Temir yo‘llar” va “O‘zsuvta’minot” rahbarlari, suv xo‘jaligi va transport vazirlari o‘rinbosarlari ishdan olinganini e’lon qilar ekan, “Xiyonat qilganga o‘rin yo‘q”, dedi. “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “IES” va “O‘zsanoatqurilishbank” rahbarlariga berilgan ogohlantirish “so‘nggisi” ekanini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting